Yaponiyaning fikriça, Rossiya tomonidan yangi yadro qurollarining işlab çiqilişi AQŞni u bilan poygaga kirişga majbur qildi. Bu haqda Yaponiya TIV rahbari Taro Kano milliy parlamentda aytib ötgan.
«Yadro qurolining hozirgi dunyosiga beqarorlikni AQŞ emas, balki Rossiya kiritmoqda. U özining harbiy doktrinasiga amal qilib, kuçi past zaryadlarga ega taktik jangovar kallaklarni işlab çiqmoqda», - deya Kanoning sözlarini keltiradi TASS.
Vazirning sözlariga köra, Rossiya «AQŞni şunday vaziyatga tuşirib qöydiki, u yadro quroli işlab çiqişni boşlaşga majbur böldi». Şu bilan birga, vazirning işonç bildirişiça, «AQŞ bunday qurolni KXDRga qarşi qöllaş uçun işlab çiqayotgani yöq».












