«Özbekkino» Milliy agentligi qoşidagi Badiiy kengaş a'zolarining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Yiğiliş kun tartibidan jami 7 ta masala örin oldi.
Ulardan biri mualliflar Madina Möminova va Rustam Sa'diyevning «Baron-2» nomli ikki qismli badiiy filmiga möljallangan adabiy ssenariy loyihasi taqdimoti böldi.
Qayd etilişiça, «Baron-2» filmi loyihasiga çet ellik taniqli kinoaktyorlar jalb etilmoqda, filmning özini esa bir qator xorijiy mamlakatlar hududida tasvirga oliş közda tutilmoqda.

Rejissyor Rustam Sa'diyev mazkur loyiha ilk «Baron» filmi kabi tomoşabinlar könglidan joy olişiga va xalqaro miqyosda ham nom qozona olişiga umid bildirdi.
Ma'lumotlarga köra, mazkur loyiha uçun Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarboyjon, Suriya, Qozoğiston va Tojikiston kabi davlatlardan aktyorlar taklif etilişi rejalaştirilmoqda.












