Olimpiadada iştirok etuvçi Norvegiya terma jamoasi tibbiy xizmati rahbari Mona Keldsberg terma jamoa özi bilan Olimpiadaga nima uçun astmadan 6 mingta doza vosita va inglyatsiya ötkaziş uçun 10 ta qurilma olib kelganiga tuşuntiriş berdi. Uning aytişiça, bu miqdor unça köp hisoblanmaydi.
Dori vositalari terma jamoaning Janubiy Koreyaga kelganda soğlom bölgan a'zolari uçun möljallangan. Astmadan aziyat çekuvçi sportçilar özlarining dori vositalaridan foydalanadilar.
Ta'kidlanişiça, novergiyaliklar olib kelgan dori vositalari orasida simbikortdan 1800 doza, alvesko, salbutamol va atroventdan 1200 tadan doza, ventolindan 360 doza bölgan.
“Biz olib kelgan dori vositalari dozasi kimgadir köp tuyulişi mumkin. Biroq uni uluşlarga bölib çiqilsa, bu unça katta miqdor emasligini anglaysiz”, deb aytgan Keldsberg.
Uning aytişiça, Pyongçangga hammasi bölib 43 ta ingalyator olingan va ular individual ravişda qöllanadi. Keldsbergning qöşimça qilişiça, dori vositalarining katta qismi ortga qaytariladi.
2017 yildan Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) salbutamolning qöllanişini qisman taqiqlagan. Agar tibbiy tomondan ruxsat berilgan bölsa, sportçilar bu vositadan kuniga 1600 mikrogrammdan köp qabul qila olişmaydi.
2016 yil yozida norvegiyalik çanğiçi Martin Sundbyu salbutamolni mumkin bölgan miqdordan köproq iste'mol qilganligi foş qilingan. Öşanda WADA uni 2 oyga çetlatgan. Şundan keyin Norvegiya terma jamoasining köplab yetakçilari astmadan salbutamol negizida tayyorlangan dori qabul qilişlari ma'lum qilingan. Şundan keyin bir qator davlatlar WADA’ga astmaga ega norvegiyalik sportçilarni örganiş iltimosi bilan murojaat qilgan.












