“Yuksaliş” umummilliy harakati tomonidan navbatdagi jamoatçilik muloqoti taşkil etildi. Bu haqda harakat xabarida aytilgan.

Muloqotda Özbekistonda narkotik vositalari hamda psixofaol preparatlar tarqalişining huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ruhiy jihatlari muhokama qilmoqda, “dorixona narkomaniyasi”ning ösiş faktorlari, global tendensiyalar, tizimli muammolarni körib çiqilyapti.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qiliş milliy axborot-tahlil markazi bölim boşliği Şuhrat Ğulomovning sözlariga köra, 2019 yil yakunida Özbekistonda 5 mingdan ortiq narkotik vositalari bilan boğliq jinoyatlar sodir etilgan.

“Tan oliş kerak, butun dunyo hamjamiyatida giyohvandlik, narkojinoyat bilan boğliq muammolar juda köp. Bu muammolarga duç kelmagan davlat ham bölmasa kerak -  ba'zilari yetiştirsa, ba'zilari yetkazib beradi. 

Özbekiston Afğoniston bilan bevosita çegaradoş ekanligi, qöşni mamlakatda giyohvand moddalar işlab çiqarilişi töxtamayotgani salbiy ta'sir körsatmay qolmayapti. BMT ma'lumotlariga köra, 2017 yilda Afğonistonda rekord darajada, ya'ni 9 000 tonna opiy yetiştirilgan. Ularning asosiy qismi tranzit yöllar orqali, jumladan Özbekistondan ham olib ötilgan. Bu esa tranzit davlatlarga taşviş keltirgan.

2019 yil yakunida respublikamizda 5 mingdan ortiq narkotik vositalari bilan boğliq jinoyatlar sodir etilgan. 1 tonna 200 kg atrofida narkotik vositalar musodara qilingan. 

Narkodispanserda hisobda turganlar esa 5 698 nafarni taşkil etgan”, - dedi Ş. Ğulomov.