Özbekiston Respublikasi taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev boşçiligida Özbekiston Respublikasi işçi guruhining Qirğiziston Respublikasiga rasmiy taşrifi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Taşqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur taşrif ikki kun davom etib, uning asosiy maqsadi ikki taraflama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qiliş etib belgilangan.

Ma'lumot uçun: 2017 yil ikki davlat örtasidagi özaro tovar aylanmasi 86 million AQŞ dollariga oşib 253,9 million AQŞ dollarni taşkil etdi. Qirğiziston Respublikasiga qilinayotgan eksportning asosiy uluşi - tabiiy gaz, tekstil hamda meva-sabzavot mahsulotlariga töğri kelmoqda.

Taşrif davomida hukumatlararo muzokaralar bilan bir qatorda, ikki tomonning xususiy sektor vakillari bilan uçraşuvlar, korxonalarga taşriflar, şuningdek kooperatsiya va savdo şartnomalarini amalga oşirişni jadallaştirişga yönaltirilgan tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.

Şu bilan birga, Öş viloyati çegara zonasida transçegaraviy savdo-sotiqni rivojlantiriş imkoniyatini örganiş böyiça tadbirlar ötkaziladi.