Zamonaviy internet asosçilaridan biri, kiberhududda huquqlarni himoya qiliş bilan şuğullanuvçi Electronic Frontier Foundation (EFF) nohukumat taşkiloti asosçisi, amerikalik Jon Perri Barlou 70 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda taşkilot ma'lum qildi. 

“Bugun internet öz qahramonini yöqotdi. EFF özining dono asosçisi Jon Perri Barlouning hayotdan ketişidan çuqur qayğuda”, deyilgan taşkilotning Facebook’dagi xabarida. Ta'kidlanişiça, Barlou uyquda vafot etgan. 

“Heç qanday mubolağasiz aytiş mumkinki, bugun biz biladigan internetning asosiy segmentlari Barlou tufayli mavjud”, deb aytilgan xabarda.

Barlou internetga bağişlangan işlari bilan tanilgan. U 1990 yilda elektron aloqa vositalari foydalanuvçilarining huquqlarini himoya qiluvçi Electronic Frontier Foundation taşkiloti yaratilişi boşida turgan.