Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask 3 oydan keyin Tesla avtopiloti unga butun AQŞ böylab inson yordamisiz va aralaşuvisiz yurib öta oladigan darajaga yetişiga umid bildirdi. Maskning aytişiça, nari borsa bu 6 oydan keyin yuz beradi.
Mask Tesla’ni haydovçisiz rejimda butun AQŞ böylab yurib ötişini ötgan yilda rejalaştirgan, biroq hanuzgaça bu reja amalga oşmay kelmoqda. Hozir tadbirkor bu masala böyiça ba'zi aniqlik kiritdi. Uning aytişiça, avtopilotga butun sayohat davomida haydovçiga jarayonga aralaşmaslikka imkon beradigan darajaga yetiş uçun 3-6 oy vaqt talab etiladi.
Mask bu haqda kompaniyaning moliyaviy natijalariga bağişlangan yiğilişda aytib ötdi. Mask kompaniya sotilgan avtomobillarning dasturiy ta'minotini haydovçisiz darajagaça yangilanişi borasidagi savolga tasdiq javobini bergan.
Maskning aytişiça, uning maqsadi universal va xavfsiz avtopilotni yaratişdan iborat. U kompaniya sun'iy ong bilan boğliq yönalişda rivojlanayotgani darajasidan mamnunlik bildirgan.
Wikipedia asosçisi Jimmi Ueylsning fikriça, haydovçisiz Tesla 2018 yil oxirida yoki undan ham ertaroq sotuvga çiqadi. Uning aytişiça, Mask “buning uçun yetarliça aqldan ozgan”. Mask Falcon Heavy raketasini koinotga muvaffaqiyatli uçirgandan söng hozirda unga işonç har doimgidan köproq ortgan. Maskka tegişli Tesla rodsterining koinotga uçirilişi esa avtomobil sanoati tarixida eng hayratlantiruvçi reklama aksiyasi böldi desa, heç ham mubolağa bölmaydi.

















