Qirğizistonda şoşilinç tibbiy yordam pullik böladi. Bugun mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi hay'at yiğilişida uşbu taklif muhokama etildi.

Majburiy tibbiy suğurta fondi rahbari Marat Kaliyevning sözlariga köra, bemorlarni olib ötiş uçun juda katta mablağlar sarflanmoqda.

«Olib ötişni pullik qiladigan payt keldi. Albatta, şoşilinç tibbiy yordam xizmatlari bepul bölib qoladigan fuqarolarning alohida toifasi saqlanib qoladi. Xorijda heç kim «tez yordam»ni şunçaki çaqirmaydi, sababi buning uçun pul tölaş kerakligini bilişadi», - deya ma'lum qildi Marat Kaliyev.

U yangilikni mintaqalarda joriy etişni boşlaş taklifi bilan çiqdi, u yerda çaqiriqlar soni nisbatan kamroq ekani aytildi. Soğliqni saqlaş vaziri Talatbek Botiraliyev uning fikriga qöşilib, «soğliqni saqlaşda har doim pul yetişmasligini» bildirdi.