Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev «davlat va xalq pullari katta miqdorda öğirlanişiga» qaçon çek qöyilişi borasida savolni örtaga taşladi. Bu haqda u 9 fevral kuni hukumatning kengaytirilgan yiğilişida söragan.
Mamlakat Milliy banki raisi Danir Akişev hisobotni taqdim etgan. «Delta bank»da, u hozir litsenziyadan mahrum etilgan, kreditlarning deyarli 100 foizi bank aksiyadori nazoratida bölmagan kompaniyalar hissasiga töğri kelgan. Bank hisobotida bu aks ettirilmagan va faqat tekşiruvlar natijasida aniqlandi. Bu bank majburiyatlarining 60 foizi davlat tuzilmalariga yaqin hisoblarga ega edi. «RBK Banki»da kreditlarning 90 foizi tört kredit oluvçiga berilgan, u yoki bank aksiyadorlari yoxud aloqador şaxslar», - deya xabar berdi u.
«Qaçon biz bunday işlarga çek qöyamiz? Hamma Ablyazov rahbarligidagi «BTA Bank» tomonidan davlat va xalq pullari katta miqdorlarda ömarilganini kördi. Butun dunyo böylab foş qildik va bu davlat pullarining öğrilanişi ekanini isbotlab berdik. Hozirda qanday? Bank taşkil etildi, unga işonişdi, odamlar, milliy kompaniyalar borişdi, endi esa bu aksiyadorlar u yerdan pullar olib çiqişmoqda. Milliy bank esa şunçaki kuzatib ötiribdi», - deya ta'kidlab ötgan Qozoğiston rahbari.
Şuningdek, u boş vazir Bakitjan Sagintayevning hisobotida tanqid yöqligiga e'tibor qaratgan. Hukumat rahbari qurilayotgan uy-joylar, agrosanoat kompleksi va qişloq xöjaligi sohasidagi yutuqlar, raqamlaştiriş hamda mamlakat iqtisodiyotidagi muvaffaqiyatlar haqida gapirib berdi.
«Qozoğiston sönggi 10 yilda taşqi şoklar va jahon tebranişlari bosimi ostida rivojlandi. Bu oddiy bölmagan vaqt edi, biroq, bizning davlat faqatgina sizning öz vaqtida qabul qilgan qarorlaringiz tufayli dramatik ssenariylardan qoçişning uddasidan çiqdi», - deya Nazarboyevga murojaat qilgan Sagintayev.
«Yaxşi hisobot, lekin tanqid yöq», - deya unga javob qaytargan prezident.












