Twitter kompaniyasi özining 12 yillik tarixida ilk bor çoraklik daromad olganini ma'lum qildi. Bu haqda Recode xabar bermoqda.
2017 yilning 4-çoragida kompaniya tuşumi 732 mln dollarni, daromadi 91 mln dollarni taşkil qilgan. Şu bilan birga ijtimoiy tarmoqning oylik auditoriyasi özgarmagan – Twitter’dan hali ham oyiga 330 mln kişi foydalanmoqda.
Kompaniyada tuşuntirilişiça, foydalanuvçilar soni ortişining sekinlaşişi ijtimoiy tarmoqning spam va soxta qayd qiliş yozuvlariga nisbatan siyosati qat'iylaştirilgani bilan boğlangan.
Kompaniyaning reklamadan olgan tuşumi 4-çorakda 644 mln dollarni taşkil qilgan. Bunda video ijtimoiy tarmoqning eng ommaviy reklama formati bölib qolmoqda.
Xizmatning kunlik foydalanuvçilar bazasi 12 foizga oşgan, biroq kompaniya bu borada aniq raqamlarni keltirmagan.












