Eron vakillari Pyongçangdagi Olimpiada taşkilotçilaridan xafa bölişdi, bunga ularga Samsung Galaxy Note 8 smartfonlarini sovğa qilinmagani sabab böldi. Business Insider şu haqida ma'lum qildi.
Bunday smartfonlar KXDR va Eron sportçilaridan taşqari barça olimpiyaçilarga taqdim etildi, bunga uşbu ikki mamlakatga nisbatan xalqaro sanksiyalarning joriy qilingani sababdir.
Tehronda bunday qadamni "etikaga töğri kelmaydi" deb topişdi va Janubiy Koreya elçisini bu işga jalb qilişdi. Bundan taşqari, ular Eron va Samsung kompaniyasi örtasidagi savdo aloqalariga jiddiy xavf bilan tahdid solişdi.
Mahalliy OAV ma'lumotlariga köra, mamlakat taşqi işlar vaziri Javod Zarif agar Janubiy Koreya bu qilmişi uçun uzr söramasa va öz qarorini bekor qilmasa, Eron Samsunğning barça mahsulotlaridan töliq voz keçişini ma'lum qildi.
Oxir-oqibat Xalqaro Olimpiya Qömitasi barça sportçilar, şu jumladan Eron va KXDR olimpiyaçilariga ham smartfon taqdim etişni joiz deb topdi.












