Özbekiston Xitoyda bölib ötgan 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo çempionatida ğolib bölgani xalqimizni, ayniqsa, futbol işqibozlarini behad suyuntirgani, şu bilan birga, barçamizning “millionlar öyini”da mamlakatimizning örni mustahkamlanişiga çeksiz umid bağişlagani rost.
Xususan, davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev yoşlar örtasida Osiyo çempionati ğoliblari – Özbekiston yoşlar terma jamoasi a'zolariga yöllagan tabrigida quyidagi samimiy sözlarni izhor etgan edi: “Sizlar qölga kiritgan mislsiz bu ğalaba butun xalqimizga çeksiz quvonç bağişlab, Özbekiston yoşlarining qanday buyuk işlarga qodir ekanini yana bir bor körsatdi. Bu ulkan zafar, heç şubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoşlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaşga ulkan hissa qöşadi”.
Şu bilan birga, Osiyo çempionatida muvaffiqiyat qozongan futbolçilarning har biriga “Malibu” avtomobillari Prezident sovğasi sifatida taqdim etildi.
Bugun, 9 fevral kuni Navoiy viloyati hokimi Qobuljon Tursunov Özbekiston terma jamoasi a'zosi, 23 yoşgaça bölgan yoşlar örtasidagi Osiyo çempionatida ğoliblar safida bölgan Dilşod Hamroyevga Navoiy şahridan uy-joy oliş uçun sertifikat bilan taqdirladi.












