Suriya poytaxti Damaşq markazi terrorçilar tomondan minomyotlardan öqqa tutildi. Minalardan biri “Damaroz” mehmonxonasi yonida, yana bittasi Umayyalar maydonida portlagan. Bu haqda voqea guvohi “RIA Novosti” axborot agentligiga xabar bergan. 

“Mina “Damaroz yaqiniga tuşdi, natijada yonğin boşlangan. Yana bitta mina yaqin atrofdagi estakadada, yana bittasi Umayyalar maydonida portlagan”, deb ma'lum qilgan voqea guvohi.

Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

“Damaroz” ma'muriyatida axborot agentligiga telefonda mina mehmonxona hududi ortiga tuşgani hamda vaziyat barqarorligi ma'lum qilingan. 

Bundan avvalgi kunlarda Damaşqning prezident majmualari joylaşgan tumani öqqa tutilgandi.