Dubayda 12 fevralda dunyodagi eng baland mehmonxona oçiladi. Bu haqda BAAning Khaleej Times naşri ma'lum qildi.
Bungaça bu borada rekord Dubaydagi JW Marriott Marquis mehmonxona majmuasiga tegişli edi. Uning ikkita 72 qavatli minorasining balandligi 355 metrni taşkil qiladi.
Yangi rekordçi mehmonxona Gevora deb nomlanib, Sheikh Zayed Road markaziy köçasida, xalqaro savdo markazi yaqinida joylaşgan. Mehmonxona 75 qavatdan iborat bölib, balandligi 356 metrni taşkil qiladi. Mehmonxonada 528 ta xona bor. Unda suv havzasiga ega soğlomlaştiriş markazi, 4 ta restoran va şaharga manzara oçiluvçi bar mavjud.
















