Istanbulda 29 oktabrda yangi aeroport oçilişi rejalaştirilmoqda. Hozirda aeroport qurilişi 80 foizga yakunlangan. Bu haqda Turkiya transport, kemaçilik va aloqa vaziri Axmet Arslon ma'lum qildi.
“Istanbuldagi yangi aeroport 80 foizga tayyor. Alloh inoyati bilan 29 oktabrda prezident, boş vazir va köplab mehmonlar iştirokida uni işga tuşiramiz. Otaturk xalqaro aeroportidagi barça reyslar u yerga 48 soat içida ötkaziladi”, deb aytgan Arslon.
Uning aytişiça, yangi aeroport dunyodagi eng kattalaridan biri böladi. Uning maydoni 80 mln kvadrat metrni taşkil qiladi, u töliq işga tuşirilganda 225 ming kişi iş bilan ta'minlanadi. Aeroport bir vaqtning özida 114 ta samolyotni qabul qila oladi. Hammasi bölib aeroportdan 350 yönaliş böyiça reyslar amalga oşiriladi.

Vazirning ma'lum qilişiça, aeroportga kiritilgan investitsiyalar 10,2 mlrd dollarni taşkil qiladi va aeroport faoliyatining ilk 25 yili davomida 22,2 mlrd dollar foyda keltiradi.
Yangi aeroport şaharda Turkiya prezidenti taşabbusi bilan amalga oşirilişi rejalaştirgan uçta megaloyihalardan biri hisoblanadi. Ulardan biri amalga oşirib bölingan. Bu taşabbusga köra, 2016 yil Bosfor böğozi ustidan 3-köprik oçilgan. Joriy yilda Bosforga parallel ravişda oqib ötuvçi “Istanbul” kanali qurilişi boşlanişi kutilmoqda.

















