Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliya ilk marta mini-futbol bo‘yicha Yevropa chempioni bo‘ldi
Foto: Uefa.com
Portugaliya terma jamoasi mini-futbol bo‘yicha Lyublyanada o‘tgan Yevropa chempionati finalining qo‘shimcha vaqtida Ispaniyani 3:2 hisobida mag‘lub etib, ilk marta Yevropa chempioni bo‘ldi.
Portugaliya safida gollarni Rikardino (1-daq.) va Brunu Koelyu (39, 50-daq), Ispaniya safida esa Mark Tolra (19-daq.) va Lin (32-daq.) kiritdilar.
Portugaliya Yevropa chempionati finalida o‘z tarixida ikkinchi bor ishtirok etdi va ikkinchi urinishi g‘alaba bilan yakunlandi. Portugaliyaliklar 2010 yilda finalda ispanlarga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lishgandi.
Bronza medallarini Rossiya terma jamoasi egalladi, u 3-o‘rin uchun bahsda Qozog‘istonni 1:0 hisobida mag‘lub eta oldi.
Ushbu musobaqa 1996 yildan boshlab o‘tkazib kelinadi.
Ispaniya terma jamoasi Yevropa chempionatlaridagi g‘alabalar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi: ispanlar 7 marta (1996, 2001, 2005, 2007, 2010, 2012, 2016) ushbu musobaqa g‘olibi bo‘lganlar.
2018 yilda Yevropa chempionati so‘nggi marta eski formatda o‘tkazildi. 1999 yildan boshlab musobaqa har ikki yilda 12 ta jamoa ishtirokida o‘tkazib kelingan. Endi chempionatlar har 4 yilda o‘tkaziladi, jamoalar soni esa 16 tagacha ko‘paytiriladi.
Mavzuga oid
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
16:01 / 07.09.2025
Portugaliyadan Vladivostokka velosipedda ketayotgan fransuz Rossiyada hibsga olindi
01:37 / 15.08.2025
Gretsiya, Ispaniya va Portugaliya olov ichida qoldi
09:16 / 26.06.2025