Eron hukumati Tehronda islom inqilobining 39 yilligi munosabati bilan ötkazilgan tadbirda yangi “Qadr” ballistik raketasini taqdim qildi. Fars axborot agentligining ma'lum qilişiça, suyuq yoqilğida işlovçi raketa kamida 2 ming kmlik masofani öta oladi.  

Ta'kidlanişiça, raketa yaratuvçilari uni ham harakatlanuvçi pusk qurilmasidan, ham şaxtadan otiş imkoniyatini nazarda tutişgan. Raketa uçirilganini ehtimoliy duşmandan yaşiriş uçun u maxsus himoya tizimi bilan jihozlangan. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, raketa turli möljallarni nişonga olişi uçun ajraluvçi kallak bilan jihozlanişi mumkin.   

Bayram tadbirlarida Eron harbiy-sanoat majmuasining boşqa yangi işlanmalari ham taqdim qilingan. Jumladan, yaqin masofalarga möljallangan “Fajr-5” raketasi modifikatsiyasi va “Töfon 2-M” tanklarga qarşi raketasi namoyiş qilingan. Şuningdek, ommaga ayni vaqtda sinovdan ötkazilayotgan, “Fotih” sinfidagi suv osti kemasining istiqbolli modeli taqdim qilingan.