Bugungi kunda yoşlarning yetuk ma'naviyatli, bilimli, soğlom bölib şakllanişi uçun davlat tomonidan katta e'tibor qaratilmoqda. Farzandarimiz soğlom bölib yetişişida maktablarda ovqatlaniş tizimini töğri taşkil etiş dolzarb ahamiyat kasb etadi. 

 Uçtepa tuman xalq ta'limi bölimi, Özbekiston oşpazlar uyuşmasi hamda Uçtepa sanitariya-epedimologiya nazorati markazi tomonidan 10 fevral kuni tumanda joylaşgan 78-umumta'lim maktabida “Umumiy örta ta'lim muassasalarida soğlom ovqatlanişni taşkil etiş muammolari va uning yeçimlari” mavzusida öquv uslubiy va amaliy anjumani ötkazildi.

Anjumanda Uçtepa tuman xalq ta'limi bölimi tasarrufidagi umumta'lim maktablar direktorlari, xöjalik işlar böyiça direktor örinbosarlari, maktablar hamşiralari hamda maktab oşxonalari oşpazlari iştirok etişdi. 

Tadbirda örta ta'lim maktablarining ovqatlanişini töğri taşkil etiş, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiliş, bolalar ratsionini hisobga olgan holda taomlar tayyorlaş haqida söz yuritildi. 

Maktab oşxonasida mumkin bölmagan oziq-ovqat va içimliklar röyxati tegişli hujjatlarda körsatilgan. Tadbirda mutaxassislar tomonidan arzon narxlarda kaloriyali, bolalarning soğlom bölib voyaga yetişi uçun qanday taomlar taqdim etiş kerakligiga doir nazariy va amaliy bilimlar berildi. 

Anjuman oxirida maktab oşxonasida Özbekiston oşpazlar uyuşmasining yuqori malakali oşpazlari tomonidan mahorat darslari ötkazildi, arzon hamda sifatli taomlar tayyorlaş va ularni taqdim etiş usullari amaliyotda körsatib berildi. Bundan taşqari, yurtimizda yetiştirilgan mevalarning quritilgan qoqisidan bolalar uçun foydali bölgan şarbatlar, bir neça xil salatlar, suyuq va quyuq taomlar tayyorlanib, anjuman iştirokçilariga taqdim etildi.

Kelajakda har bir maktabda şu kabi taomnoma asosida taomlar tayyorlaş talabi qöyildi.