Bu mavzuda yozmayman, Qur'on suralaridan tilovat qilib haqlariga bağişlayman, çiroyli duolar bilan sabr qilaman, yaqinlariga, xalqimga sabru jamil sörayman, degan edim.

Ammo... röyxatni öqib, yuragim tökilib, titilib ketyapti.

Vafot etganlar içida 1996 yildan keyin tuğilgan yigitlar ham bor ekan!

Böz yigitlar!

Dangasa, sayoq emas, öz Vatanida tuzukroq maoşli iş topa olmay, oilasidagi katta-kiçik taşvişni hal qilaman deb, qahraton qişda iş izlab ketgan yoş bolalar!

Tönğiçimdan atigi uç yoşgina katta bölgan Murodillayev Bahodirjon, Abdullajonov Ismoiljon, Husniddinov Muhammadinlar 1998 yilda tuğilgan, hayotda oq-qorani yaxşiroq tanimagan, çimildiq körmagan navqiron, navnihol yurtdoşlarim!

Olov içida, jon talvasasida nimalar haqida öyladingiz?

Balki ortingizdan möltirab qolgan onaizor, çorasizlikdan bağridan ketqizgan ota, iymanibgina "kutaman" deb qolgan yoringiznimi?..

Öz bolamga termulaman. Ruçkani tişlagança, şirin hayollar surib ötiribdi. Öziça uy vazifalarini qilyapti. Yaxşi öqişga, hayotda öz örnini topişga intilyapti.

Axir siz ham keçagina Boburimday kulib, dars tayyorlab ötirgan edingiz-ku...

TV dan yangrayotgan şöx musiqasini «ming la'nat» deb öçiramanu, tilimda, dilimda yiğilib qolgan zahrimni kimgadir soçgim keladi.

Kim ekanligini ham bilaman.

Aybdor köp, ammo eng kattalariga aytadigan ikki oğiz gapim bor!

Bir dunyo maşhur-maşhur tayin, betayin agitatorni yiğib, bir olam va'dalar bilan Namanganning Töraqörğoniga ham borgan bitta zör taşkilot bor. Çekka qişloqlargaça yetib, qadamlarini suratga oldirib, joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanişib xalqni umidvor qilgan, katta-katta va'dalar bergan va'daboz taşkilot bor!

Malol kelmasa uç-törttagina savolimga javob bering!

Xalq çöntagidan çiqib, faoliyatingiz uçun ajratilayotgan milliard-milliardlarda yonib ketgan yoşlarning nasibasi yöqmidi?

Yoki siz faoliyat deganida faqatgina römol yeçtiriş, kollejga kirib dars buziş, Enrikening konsertida dikonglab sakraşnigina tuşunasizmi?