Ispaniya çempionatining 23-turida «Valensiya» «Levante»ni mağlub etdi. «Mestalya» (Valensiya) stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

Öyinda hisobni «körşapalaklar» jamoasi futbolçisi Santyago Lorenso oçdi. Keyinroq himoyaçi Serxio Postigo öz darvozasini işğol etib, öyinga intrigani qaytardi.

Ikkinçi bölimda Lusiano Vetto «Valensiya»ga ustunlikni qaytardi. Daniel Parexo öyin oxirida 11 metrlik nuqtadan aniq zarba berib, öyindagi yakuniy natijani örnatdi - 3:1.

«Levante»ning ğalabasiz seriyasi 11 öyinga yetdi.

Bu ğalabadan keyin «Valensiya» oçkolari sonini 43taga yetkazdi va La Liga turnir jadvalida uçinçi öringa kötarildi. Levanteliklar 20 oçko bilan 20-örinda.

Tur doirasidagi yana bir öyinda «Selta» va «Espanol» ğolibni aniqlay olişmadi. Vigodagi «Balaidos» stadionida keçgan uçraşuv 2:2 hisobida yakunlandi.

Leo Baptistau öyinning 10-daqiqasidayoq mehmonlarni oldinga olib çiqqandi, ammo köp ötmasdan Maksimilian Gomes hisobni tenglaştirdi. Ikkinçi bölimda urugvaylik bu futbolçi dublni rasmiylaştirdi. Ammo öyin oxirida Xerar Moreno hisobni tenglaştiruvçi golni urdi - 2:2.

Endilikda «Selta» oçkolari sonini 32taga yetkazib, Primera turnir jadvalida sakkizinçi örinda, «Espanol» 26 oçkosi bilan 15-poğonada joylaşgan.

Ispaniya çempionati
23-tur
Valensiya – Levante 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 17 Santi Mina, 1:1 – 18 Postigo, 2:1 – 65 Vetto, 3:1 – 89, penalti Parexo.
Valensiya – Neto, Montoyya, Gabriel, Ruben Vezu, Gayya, Soler (Maksimoviç, 90), Parexo, Kondogbia (Koklen, 73), Gonsalu Gedeş, Santi Mina, Vetto (Dzadza, 79).
Levante – Olasabal, Koke (Boateng, 87), Rober, Postigo, Luna, Lukiç (Marti, 73), Morales, Dukure (Bardi, 72), Kampanya, Ivi Lopes, Patstsini.
Ogohlantirişlar: Rober (13), Vetto (48), Santi Mina (57), Gayya (72), Bardi (84), Postigo (84), Luna (88).

Selta – Espanol 2:2 (1:1, 1:1)