12 fevral kuni Xalq deputatlari Böstonliq tumani kengaşining 40-sessiyasi bölib ötdi. 

Unda taşkiliy masala körildi. «Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga köra, Ğayrat Ğulomjonoviç Madaminov tumanning yangi hokimi etib tayinlangan.

Böstonliq tumani hokimi lavozimi şu yil yanvar oyi boşidan buyon böş turgandi. 5 yanvar kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev tuman hokimi Baxtiyor Sultonovni özidan kutilgan faoliyatni körsata olmagani uçun işdan böşatgandi.