Angliya Premer-ligasining 27-turida «Çelsi» «Vest Bromviç Albion»ni qabul qildi va yirik hisobdagi ğalabaga erişdi — 3:0.
Antonio Konte şogirdlari 25-daqiqadayoq hisobni oçişdi — Eden Azar gol muallifi böldi. Öyinning 63-daqiqasida mezbonlarning ustunligi mustahkamlandi — Viktor Mozes aniq zarba berdi. Öyindagi yakuniy hisob 71-daqiqada örnatildi — Azar dublni rasmiylaştirdi. Şu tariqa, londonliklar ketma-ket ikki öyindagi yirik mağlubiyatdan keyin ğalabani tantana qilişdi.
Endilikda Angliya çempionati turnir jadvalida «Çelsi» 53 oçko töplagan holda törtinçi örinda, «Vest Bromviç» 20 oçkosi bilan oxirgi örinda joylaşgan.
Angliya çempionati
27-tur
Çelsi – Vest Bromviç 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 25 Azar, 2:0 – 63 Mozes, 3:0 – 71 Azar.
Çelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen (Keyxill, 74), Ryudiger, Mozes, Kante, Fabregas, Dzappakosta, Pedro (Villian, 80), Azar, Jiru (Morata, 61).
Vest Bromviç – Foster, Fillips, Douson, Xegazi, Evans, Gibbs, Kryxovyak, Berri (Yakob, 80), Brant (Berk, 46), Starridj (Rodriges, 4), Rondon.
Ogohlantirişlar: Evans (45), Gibbs (49).













