Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanida 11 fevral soat 06.30larda Mustaqillik köçasida yaşagan, nafaqaxör A.A.ning uyida mehmonda bölgan ukasi, Iştixon tumanida yaşovçi R.P. xonadagi elektr çiroğini yoqqan vaqtida gaz quvuridan sizib çiqib xonaga töplanib qolişi oqibatida, gaz va havo aralaşmasidan çaqnaş sodir bölgan, natija uyning devorlari va 2-qavatdagi beton plitalari ağdarilib tuşgan.
Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.
Natijada R.P. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va şu xonada uxlab yotgan A.A. hamda uning birga yaşagan voyaga yetmagan 3 nafar nabirasi, va Iştixon tumanida yaşagan singlisi M.P. hamda uning qizi Yu.V.lar devor hamda beton plitalari tagida qolib jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar.
Suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatidagi xonadonlardan birida gaz portlagani, qurbonlar borligi xabar berilgandi.












