Mamlakatda 20 yil deganda ilk marotaba örta maxsus ta'lim tizimi modernizatsiya qilinmoqda. Nihoyat, örta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimida yiğilib qolgan muammolarning yeçimi topildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi direktori Murodullo Xolmuhammedov “Xalq sözi” naşriga quyidagilarni gapirib berdi.
- Özbekistonda kasb-hunar kollejlarida ta'lim tizimi özgarişi, bu ayni damda faoliyat yuritayotgan kollejlarning “yoppasiga yopiladi”, degani emas. Prezidentimizning örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi faoliyatini takomillaştirişga oid qarorida kollejlar vazirliklar, idoralar, xöjalik birlaşmalari, tijorat banklari hamda yirik korxonalarga biriktirilişi belgilab qöyilgan.
Yurtimizdagi kasb-hunar kollejlarining kelajakdagi qiyofasi haqida gapirişdan avval, keling, iqtisodiyoti u qadar rivojlanmagan mamlakatdan qisqa vaqt içida yuqori texnologiyalar davlatiga aylangan, uşbu sohada katta muvaffaqiyatga erişgan Janubiy Koreya, Finlyandiya va Singapur tajribasini esga olsak. Mazkur mamlakatlar öz ta'lim tizimiga töğri özgartişlarni kiritgani, bu sohada oqilona siyosatni olib borgani uçun ham şunday darajaga çiqqan. Ular öqituvçilikka iste'dodli kadrlarni jalb qiliş maqsadida pedagoglarning maoşi va obrösini keskin oşirgan edi.
Ta'lim borasida eng ilğor xorijiy tajribalarni örganib, amalda qöllaşni rejalaştirgan Özbekiston ham ana şunday tezkor rivojlaniş yölini tanlamoqda.
Aytiş joizki, kollejlar vazirlik va idoralar, buyurtmaçi iş beruvçi korxonalar va taşkilotlarga biriktiriladi. Har bitta tayyorlov yönalişi böyiça rivojlaniş konsepsiyasi işlab çiqiladi, milliy kvalifikatsiya ramkalar belgilanadi hamda kasbiy standart işlab çiqiladi. Professional standart ma'nosi şuki, deylik, bitta iş örni işçidan qanday malaka va könikmalarni talab qiladi, uşbu holat örganilib, şu asosda modulli öquv rejalari yuzaga keladi.
Ta'lim jarayoni esa doimiy ravişda takomillaştirilib boriladi. Bundan maqsad — kasb-hunar ta'limi tizimi iqtisodiyot rivojlanişining muhim komponentiga aylansin. Ya'ni yuqori malakali işçi, kasb egalari, iqtisodiyotning örta böğini mutaxassislari tayyorlanadi. Ayni damda iqtisodiyotda beş mingdan ziyod kasb va mutaxassisliklar uçun kasb ta'limi böyiça ma'lumot talab etiladi.
Yaqin istiqbolda professional standart, milliy kvalifikatsiya ramkalari xalqaro kvalifikatsiya ramkalariga mos ravişda işlab çiqiladi. Bu degani kollejlarda jahon mehnat bozorida raqobatdoş kadrlar tayyorlanişi yölga qöyiladi. Kasblar, mutaxassisliklarning murakkabligidan, öquvçilar egallaşi kerak bölgan bilimi, malaka, könikma va kompetensiyalar hajmidan kelib çiqib, differensiallaşgan 6 oydan 2 yilgaça bölgan ta'lim dasturlari joriy qilinadi.












