Pokiston prezidenti Mamnun Husayn 1997 yildagi terrorizm bilan kuraş töğrisidagi qonunga tuzatişlar kiritiş haqidagi qarorni imzoladi. Unga köra, BMT Xavfsizlik Kengaşi tomonidan terrorçilik taşkiloti deb topilgan guruhlar Pokistonda ham şunday sanaladi. Bu haqda Dawn naşri xabar berdi.

Juma kuni imzolangan qaror terrorçilikka qarşi qonun bandlariga qator tuzatişlar kiritadi. U hukumatga BMT XK röyxatlarida nomi zikr etilgan alohida şaxslar va taşkilotlarga qarşi çoralar köriş, ularga tegişli binolarni xatlovga oliş, bank hisob raqamlarini muzlatiş imkonini beradi.

Terrorçilik taşkilotlari va taqiqlangan faoliyatga aloqador bölgan şaxslarning xalqaro hamda milliy röyxatlari örtasidagi farqni yöqqa çiqargan bu qadam Parijda pul yuviş bilan kuraş böyiça moliyaviy çoralarni işlab çiqiş Guruhi yiğilişi ötkazilişidan bir hafta avval qabul qilindi. Kutilişiça, uçraşuv davomida Pokistonning BMT XK röyxatiga kiritilgan taşkilotlarni moliyalaştirişga qarşi çoralarga rioya etiş böyiça sa'y-harakatlari baholanadi.