Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori, Ukrainadan çiqarib yuborilgan Mixail Saakaşvili Polşa poytaxti Varşavaga yetib keldi. Bu haqda Polşa çegara xizmati xabar tarqatdi.
Bundan avvalroq Ukraina davlat çegara xizmati Saakaşvili Polşaga jönatib yuborilganini ma'lum qilgandi.
"Saakaşvili Polşada qabul qilindi... Bunga Ukraina tomoni bayonoti asos bölmoqda... Fakt şuki, u Yevropa Ittifoqi fuqarosining turmuş örtoği hisoblanadi", deyilgan xabarda.
Saakaşvilining partiyadoşi David Sakvarelidze maslakdoşlari bilan boğlangan. "U qönğiroq qildi. Varşavaga yetib boribdi", deya yozgan Sakvarelidze ijtimoiy tarmoqda.












