Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq-gubernatori Mixail Saakaşvilining advokati himoyasidagi siyosatçi Ukrainadan çiqarib yuborilişi mumkinligidan xavfsiramoqda. Bu haqda advokat Ruslan Çernolutskiy RIA Novosti muxbiri bilan suhbatda aytib ötgan.

Siyosatçining tarafdorlaridan biri, Oliy Rada deputati Yuriy Derevyanko bundan avvalroq Saakaşvilini Kiyevdagi restoranlardan birida qölga olişgani haqida xabar bergandi. 

RIA Novosti ma'lumotlariga köra, Ukraina Xavfsizlik xizmati, prokuratura va migratsiya xizmati siyosatçini qölga olişga aloqador emasliklarini ma'lum qilgan.

Saakaşvilining boşqa bir advokati Pavel Bogomazov uni Ukraina davlat çegara xizmati qölga olgani haqida ma'lum qilgan.

Ukraina huquq-tartibot organlaridagi manba ham Saakaşvili Ukrainadan deportatsiya qilinişi haqida aytmoqda.

«Endi u Yevropa davlatlaridan biriga deportatsiya qilinadi. Barça sud jarayonlari ötib bölgan. U sudda yutqazişi bilanoq, xizmatlar uni deportatsiya qiliş huquqiga ega bölişgan», degan manba. Uning sözlariga köra, jarayon köp vaqt olmaydi, axir sud qarori bor.

Bundan avvalroq Ukraina Migratsiya xizmati Saakaşvilining qöşimça himoya böyiça sörovini rad qilgandi. Sud bu qarorni qonuniy deb topgan, Saakaşvili apellyatsiya bergandi. Ammo apellyatsiya sudi ham qarorni tasdiqladi. 

Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenko agar sud Saakaşvili Ukrainada siyosiy boşpana olişga haqli emas deb topsa, unda boşqa imkoniyatlar paydo bölişi haqida aytgandi. Uning fikriça, bunday imkoniyatlardan biri — özi istagan davlatga ketişi, masalan oilasi istiqomat qiladigan Niderlandiyaga, yoki Polşaga — u Ukraina çegarasini şu davlatdan kirib kelib buzib ötgandi.