Janubiy Afrika Respublikasi hukmron partiyasi – Afrika milliy kongressi (ANC) mamlakat prezidenti Jyeykob Zumaga iste'foga çiqiş uçun 48 soat muhlat berdi, aks holda u lavozimidan çetlaştiriladi. Bu haqda SABC teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.
SABC ma'lumotlariga köra, 12 fevralda ANC ijroiya qömitasi Zumaning kelgusi taqdiri böyiça qaror çiqariş uçun yiğilgan.
News24 axborot portalining ma'lum qilişiça, ANC yetakçisi Siril Ramafosa Zumaga partiya qarori haqida xabar beriş uçun uning qarorgohiga kelgan.
Avvalroq Times Live naşri manbalarga iqtibos keltirgan holda, JAR prezidenti ketişi şartlarini kelişib olgandan keyin iste'foga çiqişini ma'lum qilgandi. Manbalar ma'lumotlariga köra, Zuma va Ramafosa kelişuvga erişgan.
Oxirgi vaqt hukmron partiya davlat mulki sarflanişi bilan boğliq mojaro sababli muxolifat tomondan bosimga uçrab kelmoqda. 2014 yildan beri muxolifat Zumadan pullarni davlat ğaznasiga qaytariş talabini bildirib keladi. Zuma barça pul operatsiyalari ortidan hukumatning maxsus xizmatlari kuzatuv olib borganini ta'kidlagan holda ayblovlarni rad etmoqda.
75 yoşli Zumaning prezidentlik vakolatlari 2019 yilda yakunlanadi. U mamlakatni 2009 yildan beri boşqarib keladi.












