Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Özbekistonning turli viloyatlarida Qur'on musobaqalari ötkazilmoqda. Bu tadbirlar aksari ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilinmoqda. Ammo bu borada markaziy naşrlar jim. Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan e'lon qilingan maqolada ana şu haqda fikr yuritiladi.

Savobli işlarning umri uzun, oqibati xayrli böladi. Ayni kunlarda mahalla-guzarlariga boramizmi, masjid-madrasalarga kiramizmi, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatamizmi, oynai jahonni tomoşa qilamizmi – barçasida ölkamizda ötayotgan Qur'on musobaqasi, xuşovoz qorilar tilovatlari, xonadonlardagi Kalomulloh takrorlari haqida söz yuritilayotganiga guvoh bölmoqdamiz.

Bu xayrli tadbirdan bahra olib qolay degan ixlosmandlarning sanoği yöq. Kimdir masjidda erta tongdan xizmatda, kimdir atrofni supur-sidiri bilan band,  yana kimdir “menga qanday yumuş bor?”, deya himmat kamarini beliga boğlab turibdi. Turli taşkilotlar xodimlari ham qöllarini köksiga qöyib xizmatga şay turişibdi.

Hosili kalom, hamma savob umidida, ana şu fayzli kunlardan nasiba olib qoliş niyatida yugurib-yelmoqda. Çunki bugunga qadar bu kabi uluğ iş bölmagan. Musobaqani yoritişga kelgan ommaviy axborot vositalari xodimlari ham odatdagidek, bir-ikkita tasvir olib, jonsaraklik bilan ikkinçi kosmik tezlikda jönab ketmayapti, balki musobaqa oxirigaça qatnaşib, duolarga biz ham qöşilib qolaylik, deb jarayonni jonli uzatib berişga harakat  qilmoqda.

Taassufki, şunday uluğ yangilik, oddiy odamlarning quvonçu şodliklari, çin yurakdan aytilgan dil sözlari negadir markaziy naşrlarimizda yoritilmayapti?

Davlatimiz rahbari “Oddiy odamlar bugungi kunda bölayotgan özgarişlarni sezişi kerak”, deb bot-bot takrorlayotgan, Qur'on musobaqasini ötkaziş haqida taşabbus körsatib: “Qur'onni eşitiş, eşita oliş yuksak ma'naviyat, ma'rifat. Qur'on heç qaçon yomonlikka da'vat qilmaydi. Agar, Qur'oni karimni eşita olsak, eşittira olsak, bu muvaffaqqiyat böladi. Elimizga nur keladi”, deb turgan bölsa-da, respublikamizda yetakçi sanalgan naşrlar butun mamlakat böylab, har kuni har hududda katta bayram tusida ötayotgan Qur'on musobaqasi haqida lom-mim demayotgani ajablanarli. Musobaqalar bir oydan beri davom etayotgan bölsa-da, bu haqda birorta xabar uzatmagan naşrlar ham bor.

Haqiqatning yuzi yoruğ

Qur'on musobaqasining şukuhi qay darajada ekanini odamlarning havo sovuq bölişiga qaramay, töp-töp bölib kelganlari, çillaning sovuği avjiga çiqqan kunlarida ham taşqarida ötirib musobaqani kuzatgan yurtdoşlarimiz yuz-közidan yaqqol köriş mumkin. Ana şunday kunlardan mamnun bölgan hamyurtlarimiz közlarida yoş bilan qöllarini duoga kötarib, yaratgan Parvardigorga hamdu sanolar aytmoqda. Bu işga taşabbuskor bölgan davlatimiz rahbari haqiga duolar qilmoqda.