Qozoğistonning taşqi qarzi sönggi 10 yil içida 74,6 mlrd dollarga oşib, 2017 yil 1 oktabr holatiga köra 168,9 mlrd dollarni taşkil etdi.
Qozoğiston Milliy banki ma'lumotlariga köra, taşqi qarzlarning ösişi, asosan, xorijiy kompaniyalar filiallari tomonidan mamlakat hududida neft-gaz loyihalarini amalga oşiriş bilan boğliq bölgan firmalararo qarzdorlikning ösişi hisobidan yuz berdi (+76,7 mlrd dollar). Şuningdek, iqtisodiyotning moliyaviy bölmagan sektori (+26,2 mlrd dollar) va hukumatning (+10,8 mlrd dollar) yevrobondlarni çiqariş hamda kreditlarni jalb qiliş tufayli taşqi qarzlari köpaygan.
Milliy bankning taşqi majburiyatlari deyarli özgarişsiz qoldi, mamlakat taşqi qarzi hajmidan örtaça 0,6%ni taşkil etdi.












