Ayni paytda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida maktabgaça ta'lim tizimini isloh qiliş va rivojlantiriş böyiça  körilayotgan  çora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Unda maktabgaça ta'lim muassasalarining joylardagi ahvoli, sohadagi işlarni jadallaştiriş çora-tadbirlari muhokama qilinmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev bu tizimni har tomonlama tahlil qilib, şu paytgaça nazardan çetda qolgan eng kiçik jihatlargaça e'tibor qaratdi.  

Yiğilişda maktabgaça ta'lim muassasalarini quriş, ta'mirlaş va jihozlaş, davlat-xususiy şeriklik asosida xususiy boğçalar taşkil etiş, ularda bolalarni belgilangan me'yorlar asosida töğri va sifatli ovqatlantiriş, tarbiyaçilarning saviyasi, bilimi va könikmalarini oşiriş kabi qator dolzarb vazifalar muhokama qilinmoqda.