Özbekiston Mudofaa vazirining birinçi örinbosari - Qurolli kuçlar Boş ştabi boşliği general-mayor Pavel Ergaşev boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonga taşrif buyurdi, deb xabar berdi Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati.

Kobulda Özbekiston delegatsiyasi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari armiyalari boş ştab boşliqlarining yillik konferensiyasida iştirok etdi. Unda AQŞ/NATOning «Qat'iy qöllab-quvvatlov» missiyasi vakillari, Qozoğiston, Qirğiziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston Qurolli kuçlari rahbarlari iştirok etdi. Konferentsiya kun tartibidagi asosiy mavzular orasida xalqaro terrorizm va giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qarşi birgalikda kuraşiş masalalari ham böldi.

Özbekistonning Afğonistondagi elçixonasi ma'lumotlariga köra, taşrif davomida delegatsiya Afğoniston prezidenti Muhammad Aşraf Ğani tomonidan qabul qilindi. Uçraşuvda Afğoniston rahbarining ta'kidlaşiça, yuqori martabali harbiy delegatsiyaning taşrifi Afğoniston va Özbekiston örtasidagi hamkorlikning yangi sahifasini oçadi.