JAR prezidenti Jyeykob Zuma hukmron partiya “Afrika milliy kongressi” talabiga köra iste'foga ketişdan boş tortmoqda.
Zuma uşbu qarorini partiya ijroiya qömitasining qarorlarni qabul qiliş jarayonidan noroziligi sababli qabul qilgan.
“Men heç qanday yomon iş qilmadim va heç kim menga nima uçun iste'foga ketişimni tuşuntirmadi”, deb aytgan Zuma SABC davlat telekompaniyasiga bergan intervyusida.
Zumaning aytişiça, uning partiya rahbariyati qaroridan noroziligi rahbariyat fikri bilan hisoblaşmasligini anglatmaydi. “Men bu qarorni notöğri deb hisoblayman. Men partiya bunday notöğri qarorni birinçi marta qabul qilganini körmoqdaman”, deb aytgan prezident.
Zumaning aytişiça, u hukmron partiya yetakçisi va öz örinbosari Siril Ramaposa bilan muzokaralarda unga hokimiyatni muddatdan avval bir neça oy içida topşirişga rozilik bergan va şundan keyin u va partiya rahbariyati örtasida kelişuvga erişilgan. “Iyulda bizda BRIKS sammiti böladi va unda men öz hamkasblarimga Ramaposani örnimga keluvçi odam sifatida taqdim qilmoqçi edim”, deb aytgan Zuma.
Biroq partiya rahbariyati avvalgi pozitsiyasini özgartirib, mamlakatda hokimiyat zudlik bilan almaştirilişini talab qila boşlagan. “Qaror şunday tarzda qabul qilinganki, men özimni jabrdiydadek his qilmoqdaman”, deb ta'kidlab ötgan Zuma. Uning aytişiça, partiyaning bu qaroriga yagona asos dekabrda Ramaposa partiyaning yangi yetakçisi etib saylangandan keyin mamlakatda ikki kuç markazi bölişidan qoçiş istagi hisoblanadi.
Zuma kun oxirigaça yuzaga kelgan vaziyat böyiça rasmiy bayonot berişini aytgan.












