Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti, 75 yoşli Jyeykob Zuma millatga murojaatida uning lavozimidan olinişi masalasini hukmron partiya emas, balki parlament hal qilişi kerakligini aytgan, biroq nutqi oxirida öz lavozimidan “darhol” ketişini e'lon qilgan.
“Men işonçsizlik bildirilişi yoki impiçmentdan qörqmayman”, deb aytgan Zuma dastlab telemurojaatida.
Biroq 30 daqiqalik nutqi oxirida öz lavozimidan darhol ketişini ma'lum qilgan.
Avvalroq mamlakatning hukmron partiyasi “Afrika milliy kongressi” Zumaga iste'foga ketişiga 48 soat berişga qaror qilgan. Partiya rahbariyati prezidentdan javob olmagaç, Zumaga işonçsizlik bildirilişi böyiça ovoz beriş ötkazişini va uning örniga partiya yetakçisi va örinbosari Siril Ramafosani tayinlaşini aytgan.
Oxirgi vaqtda partiya davlat mulki sarflanib yuborilişi atrofidagi mojaro sababli muxolifatning bosimini his qilmoqda. Zuma öziga qöyilgan barça ayblovlarni rad etgan va barça pul operatsiyalari ortidan hukumatning maxsus xizmatlari kuzatuv olib borganini ta'kidlagan.
Zumaning prezidentlik muddati 2019 yilda yakunlanişi kerak edi.
Zumaning vazifalarini vitse-prezident Ramafosa bajarib turadi. U 15 yoki 16 fevralda prezident qasamyodini keltirişi mumkin.












