Avstraliya ham AQŞ ketidan Rossiyani NotPetya virusidan foydalangan holda hakerlik hujumini uyuştirişda aybladi. Bu haqda The Australian xabar bermoqda.

«Avstraliya razvedkasi ma'lumotlariga tayangan holda va AQŞ hamda Birlaşgan Qirollik hukumati bilan maslahatlaşuvlardan söng Avstraliya hukumati şunday xulosaga keldiki, Rossiya hukumati hodisaga mas'ul bölganlarni qöllab-quvvatlagan», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniya ham Rossiyani kiberhujumlarda ayblagani ma'lum qilingandi.