Özbekiston Respublikasi prezidenti “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlaşdagi faoliyati samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tuzilmasida:
Yoqilği-energetika kompleksida qonunçilik ijrosini nazorat qiliş böyiça Boşqarma;
Moliya-bank sohasida qonunçilik ijrosini nazorat qiliş böyiça Boşqarma;
Bojxona va soliq sohalarida qonunçilik ijrosini nazorat qiliş böyiça Boşqarma;
Transport, quriliş va iqtisodiyotning boşqa sohalarida qonunçilik ijrosini nazorat qiliş böyiça boşqarma;
Soğliqni saqlaş, ta'lim va boşqa ijtimoiy sohalarda qonunçilik ijrosini nazorat qiliş böyiça Boşqarma;
Tadbirkorlik va investitsiyalar huquqiy himoyasi böyiça Boşqarma;
Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosini nazorat qiliş böyiça Boşqarma;
Ma'muriy sudda işlarni ma'lum tartibda körişda prokuror vakolatlarini ta'minlaş böyiça Boşqarma;
Tergovni metodik ta'minlaş böyiça Boşqarma taşkil etilmoqda.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Boş prokuroriga işga noyuridik mutaxassisligi bölgan, kerakli bilim va tajribasi bor yuqori malakali kadrlarni (iqtisodçi, moliyaçi, muhandis, sotsiolog va boşqalar) işga qabul qiliş huquqi taqdim etildi.

















