Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson örtasida muzokaralar bölib ötdi.
Anqaradagi prezident majmuasida ötgan muzokaralar matbuot uçun yopiq tarzda 3 soat 15 daqiqa davom etgan. Uçraşuvda Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çavuşöğlu ham iştirok etgan.
16 fevralga Tillerson va Çavuşöğluning alohida uçraşuvi ötişi belgilangan. Uçraşuvdan söng ular iştirokida matbuot anjuman bölib ötadi.
Anqaradagi muzokaralarda muhokama qilingan asosiy mavzular AQŞning Suriyadagi PYD/PKK terrorçilik guruhlariga kömak körsatayotgani, ikki tomonlama munosabatlar, şuningdek xalqaro dolzarb masalalar bölgan.
Tillerson Yaqin Şarq davlatlari böylab 11 fevralda boşlagan turnesi doirasida Misr, Kuvayt, Iordaniya va Livanda böldi.
Tillerson oxirgi marta Anqaraga 2017 yil 30 martda kelgan, 10 iyulda esa Istanbulga taşrif buyurgan.












