Jahon | 10:01 / 16.02.2018
3141
2 daqiqa o‘qiladi

Peru hukumati Maduroning Amerikalar sammitiga kiritilmasligiga va'da berdi 

Foto: Venesuela prezidenti Nikolas Maduro

Peru hukumati vazirlar kengashi raisi Mersedes Araos Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Limada 13-14 aprel kunlari o‘tadigan Amerikalar sammitida ishtirok eta olmasligini tasdiqladi. U bu haqda 15 fevralda RPP radiostansiyasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“U na Peru yeriga, na havo hududiga tusha olmaydi, chunki u istalmagan mehmondir. Demokratik partiyalar, Peru xalqining siyosiy ovozi ham bunday avtoritar harakatlarni rad etadi”, deb aytgan Araos.

O‘z navbatida Peru kongressi deputatlari Maduroning sammitda ishtirok etishiga qarshi aksiya chaqirtilishini e'lon qilishdi. Aktsiyani 12 aprelda Limadagi San-Martin markaziy maydonida o‘tkazish taklif etilmoqda.

13 fevralda Peru tashqi ishlar vazirligi Maduroni sammitda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum etish qarorini e'lon qilgan. Buni tarkibiga 12 ta davlat (Chili, Argentina, Braziliya, Kanada, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Honduras, Meksika, Panama, Paragvay va Peru) kiruvchi Lima guruhi qo‘llab-quvvatlagan. Peru Maduroga yuborgan taklifini qaytarib olgandan keyin, Maduro sammitda ishtirok etmoqchiligini aytgan. Maduroning aytishicha, u Venesuela haqida haqiqatni aytish uchun sammitga kerak bo‘lsa “havo, yer yoki dengiz orqali” kelishini aytgan.

Amerikalar sammiti G‘arbiy yarimshar davlatlari rahbarlari va bosh vazirlari uchrashuvi bo‘lib, 35 ta davlatni birlashtiruvchi Amerika davlatlari tashkiloti boshchiligida bir necha yilda bir marta o‘tadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid