Çempionlar Ligasidagi ilk öyinlarda ikki jamoa qaysidir pallada öziga juda qoniqarli hisobga erişgan holda, keyinçalik ustunlikni qöldan çiqarib qöydi. «Yuventus» va «PSJ».

Vaziyatlarga, ayniqsa, holatga strategik yondoşiş juda ahamiyatli bölib qoladigan plef-off öyinlariga töğri yondaşiş kuçli klub uçun juda kerak. Şu tomondan «Yuventus» va «PSJ» öxşaş, har ikki jamoa qaysidir pallada tuşunmay qoldi – 2:1 yaxşi hisobmi, biz hujumga zör berib, uni özgartirişga urinaylikmi yoki şu hisobni saqlab qoliş ham yutuqmi? «Yuventus» «Tottenhem»ning, «PSJ» esa, özining kuçiga munosib baho bermadi, öyin paytida maqsadni yöqotib qöygandek tuyuldi va har ikkisi yana bittadan gol ötkazib yubordi.

Balki «PSJ» madridliklarning kuçiga ham munosib baho bera olmagandir. Umuman, mavsum davomida juda beqaror öyin va natija qayd etayotgan, ammo bir öyinda istalgan çöqqiga çiqişi mumkin bölgan «Real»ning kuçi nimada? Axir ötgan yili klub özi iştirok etgan barça muhim kuboklarni yutganda ham, Yevropa uçun yetib bölmas qandaydir çöqqini namoyiş qila olmagandi, töğrimi?

Öşa öyinlarning ssenariysiga e'tibor bersangiz, öxşaş jihatlarni payqaş mumkin. «Bavariya» bilan öyinlarda ham, «Atletiko» yoki «Yuventus» bilan finallarda ham, «Real»ning öyin oxirlarida kuçayib ketganini kuzatgandik. «PSJ» bilan bahsning ikkinçi bölimida maydonga tuşgan Asensio qisqa vaqtda ikkita golli pas uzatganidan keyin, bu öyinning ham avvalgilari bilan umumiyligini payqagandek böldim. 

Va savolga javob topildi: «Real»ning zaxira örindiği kuçli. 
Yöq, gap faqat Asensio yoki Lukas Vaskesda emas. Ular har qanday jamoaning asosiy tarkibidan joy oladigan superyulduzlar emas, aslida, Yevropadagi har qanday top klubda uning saviyasidagi zaxira futbolçilar bor. Ba'zi pallalarda Asensio asosiy tarkibda ham harakat qilganida ham, uning hali eng zör saviyaga çiqqan tayyor futbolçi emasligini bildik. Gap boşqa yoqda, «Real»ning zaxira futbolçilarida boşqa xususiyat bor.

Misol uçun, har qanday murabbiy 2-bölimda boşqa futbolçilarni maydonga tuşiriş orqali, öyinni kuçaytirmoqçi bölayotgandek körinadi. Aslida bu yerda paradoksga duç kelamiz, agar ma'lum futbolçi zaxiradan tuşib öyinni kuçaytirsa, nega 1-bölimdan boşlab öşa kuçli öyinni körsatişning iloji yöq? Demak, murabbiylar öyinni kuçaytirmoqçi emas, özgartirmoqçi bölişadi – ya'ni, zaxiradan futbolçi tuşiriş orqali, öyin taktikasini, maydondagi vazifalarni va uslubni sal bölsa-da, özgartirişadi.