Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 fevralda Özbekistonga amaliy taşrif bilan kelgan AQŞning “Djyeneral Elektrik” kompaniyasi vitse-prezidenti Ronald Jyeyms Pollettni qabul qildi.

“Djyeneral Elektrik” jahonning yetakçi köp profilli korporatsiyalaridan biri hisoblanadi. Uning faoliyati energetika, maşinasozlik, asbobsozlik, elektrotexnika, avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlari, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, moliyaviy sektor va boşqa köplab sohalarni qamrab olgan.

Kompaniya dunyoning 180 dan köproq davlatida faoliyat olib boradi. Uning korxonalarida 300 mingdan köproq odam işlaydi. Ötgan yil natijalariga köra kompaniyaning daromadlari 120 mlrd dollardan oşgan.

Uçşaruv davomida kompaniyaning Özbekistondagi faoliyati jadallaşgani mamnuniyat bilan ta'kidlab ötilgan.

Ayni vaqtda Özbekistonda energetika infratuzilmasi obektlarini modernizatsiyalaş böyiça bir qator loyihalar örganib çiqilmoqda.  

Uçraşuvda Şavkat Mirziyoyev energetika sektorida özaro manfaatli texnologik şeriklikni yanada oşiriş hamda sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytiriş muhimligini ta'kidlab ötdi. Şuningdek, yetakçi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda yuqori malakali milliy kadrlarni tayyorlaş sohasida hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Ronald Jyeyms Pollett Şavkat Mirziyoyevga iliq qabul va yuqori texnologik tarmoqlarda ikki tomonlama hamkorlikning loyihalari va dasturlarini har tomonlama qöllab-quvvatlayotgani uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.   

Pollett “Djyeneral Elektrik”ning Özbekiston korxonalari va taşkilotlari bilan uzoq muddatli va katta kölamli hamkorlikni yanada rivojlantirişga tayyorligini tasdiqladi.