Şimoliy Koreyada Yöl körsatuvçi yulduz kuni davlat bayrami – sobiq davlat rahbari, amaldagi yetakçi Kim Çen Inning otasi Kim Çen Irning tavallud kuni nişonlanmoqda. Şu munosabat bilan Kim Çen In otasi haykaliga gullar qöyiş uçun 16 fevralga ötar keçasi Pxenyandagi “Kimsusan” maqbarasiga keldi.
Koreya markaziy telegraf agentligining ma'lum qilişiça, Kim Çen In otasi Kim Çen Ir va bobosi – Şimoliy Koreyaning birinçi rahbari Kim Ir Senning jasadlari saqlanuvçi “Kimsusan” maqbarasiga yuqori lavozimdagi siyosiy arboblar va harbiy doiralar vakillari bilan taşrif buyurgan.
Maqbarada Şimoliy Koreyaning sobiq yetakçilariga örnatilgan haykallar poyiga harbiy qorovul tomonidan guldastalar qöyilgan.
Kim Çen Ir 2011 yil oxirida vafot etgan, hozir u 76 yoşga tölgan bölardi. Kim Çen In hokimiyatni otasidan meros qilib olgan, otasiga esa hokimiyat bobosi Kim Ir Sendan 1994 yilda ötgan. Uşbu davlatda oliy rahbariyat otadan öğilga meros bölib ötadi, çunki öğil heç qaçon otasi vasiyatlarini buzmaydi, deb hisoblanadi.












