Rossiyalik fazogir Anton Shkaplerov Instagram’dagi sahifasida Orol dengizining orbitadan olingan suratini namoyish qildi.

20-asrning ikkinchi yarmidan Orol dengizining o‘lchamlari keskin kamaya boshlagan. Fazogir dengizning sathi falokatli tarzda pasayib ketganidan afsus bildirgan. Bir vaqtlar dengiz dunyoda kattaligi bo‘yicha 4-raqamli ko‘l hisoblangan.

Instagram foydalanuvchilari ham dengizning bunday qurib ketganidan afsus bildirishgan, biroq suratdagi turfalikdan hayratlanishgan.

 

A post shared by Anton Shkaplerov (@anton_astrey) on