Foto: motor1

Mercedes-Benz kompaniyasi Jyeneva avtosalonida özining ilk seriyali elektrokrossoveri EQC va dizel-elektr gibridlari qatorini namoyiş qiladi. Bunday maşinalardan biri C400d EQ Power modifikatsiyasi bölib, u elektr dvigatelda 50 km gaça yöl yura oladi.

Gibrid tizim negizida oxirgi avloddagi OM 654 dizel motori yotadi. Bu 2 litrli, 4 silindrli dvigatel bölib, töliq alyuminiydan tayyorlangan va pölatdan işlangan porşenlarga ega. 195 ot kuçiga ega dvigatel ilk bor 2016 yilda yangi E-Class’da örnatilgan.

EQC krossoveri yangi EQ elektrokarlari qatorida birinçi model böladi. Uşbu krossoverning nişonasi bölgan Generation EQ kontsepti 2016 yil sentabrda taqdim qilingan. Maşina umumiy quvvati 408 ot kuçini taşkil qiluvçi ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Motorlar siğimi 70 kVt-soatdan köproq bölgan litiy-ionli akkumulyatorlardan quvvatlangan. Maşina töliq akkumulyatorlarda 500 km yöl bosa olgan.

Foto: motor1

2017 yil sentabrda EQC’ga buyurtmalar olina boşlagan. Bu taklifdan Norvegiya aholisigina foydalana olgan. Buyurtmani rasmiylaştiriş uçun 20 ming Norvegiya kroni (2,5 ming dollardan köproq) miqdorida depozit kiritiş kerak bölgan. 

Jyenevada elektrokrossover va gibridlardan taşqari 4 eşikli Mercedes-AMG GT Coupe, C-Class sinfidagi yangi sedan va universal taqdim etiladi. 

Joriy yilda Jyeneva avtosaloni 8 martdan 18 martgaça faoliyat yuritadi.