Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga taşrifi davomida viloyat markazidagi 54-maktabgaça ta'lim muassasasida böldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgaça ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosi doirasida Buxoro viloyatida ham izçil işlar amalga oşirilmoqda. Bolalar boğçalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, yangilari barpo etilmoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyatida 343 ta maktabgaça ta'lim muassasasi faoliyat körsatmoqda.

54-maktabgaça ta'lim muassasasi 280 öringa möljallangan. Boğça binosi ötgan yili  kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy jihozlangan. Bu yerda 31 nafar pedagog va tarbiyaçi bolalarga ğamxörlik körsatib kelmoqda», deyiladi xabarda.

Davlat rahbari boğçada bolalarga yaratilgan şaroitlar bilan tanişib, xodimlar bilan muloqot qilgan. 

Boğçada tajriba tariqasida taşkil etilgan qisqa muddatli boşlanğiç rivojlantiriş markazi faoliyati haqida ma'lumot berilgan. 

Şavkat Mirziyoyev maktabgaça ta'limning uslubiyatini takomillaştiriş, malakali tarbiyaçilar tayyorlaş böyiça körsatmalar bergan.