Xabaringiz bor, Zo’r TV telekanali orqali turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sevgi iztiroblari” seriali berib kelinayotgan edi. Uşbu serial mazmuni, u tomonidan ilgari surilgan ğoyalar özbek mentalitetiga töğri kelmagani uçun ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda serial qattiq tanqid ostiga olingan turli materiallar va çiqişlar e'lon qilindi. 

Ayrim ma'lumotlarga köra, kuni keça bölib ötgan xotin-qizlar masalasida ötkazilgan majlisda Respublika boş vaziri Abdulla Aripov ham aynan ana şu serialga töxtalib, oilalardagi ma'naviy muhit buzilayotgan, ajraşişlar köpayayotgan bir paytda bu kabi saviyasi past seriallarni namoyiş etişni qattiq tanqid qilgan. KUN.UZ’ga bir neça manbalardan kelib tuşgan aniq ma'lumotlarga köra, “Sevgi iztiroblari” seriali namoyişi töxtatilgan. Uşbu serialning sönggi qismi bugun, 16 fevral kuni namoyiş etildi.

Uşbu serial qahramonlariga ovoz bergan aktyorlardan biri Alişer Uzoqov Instagram’dagi öz sahifasida serial namoyişi telekanaldan olib taşlanayotganiga işora bergan. “Bugun sönggi marotaba qahramonlaringizni körib qoling...”, deb yozadi aktyor.

Umid qilamizki, şaxsiy telekanallar serial tanlaşda va namoyiş qilişda yanada e'tiborliroq bölişadi. Özbek ma'naviyatiga, qadriyatlariga mos, tarbiyaviy ahamiyati kuçli seriallar tanlaşadi. Zero yuqoridagi serialni yarmida töxtatgan bilan uning aksariyat "muxlislari" bozorlarga disk izlaşga tuşişsa ajab emas. Bu esa boşqa mavzu...