6 iyul kuni ertalab Toşkentning Yaşnobod tumanidagi “Zo‘r TV” telekanali joylaşgan hududda 2 nafar noma’lum şaxs portlovçi modda örnatayotgani haqida Toşkent şahar IIBB navbatçilik qismiga xabar kelib tuşgan.
Idora matbuot xizmatiga köra, xabar soat 08:56 da kelib tuşgan, şundan keyin zudlik bilan IIBB xodimlari va boşqa mutaxassislar voqea joyiga yetib borgan.
“Hudud örganilganda portlovçi yoki hayot uçun xavfli bölgan boşqa moddalar aniqlanmadi, xabar öz tasdiğini topmadi, xavotirga asos yöq. Hozirda “Zo‘r TV” telekanali öz iş faoliyatini doimgidek olib bormoqda. Holat yuzasidan suriştiruv işlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Poytaxt IIBB şubhali holatga befarq bölmagan fuqarolarga minnatdorçilik bildirgan.

















