Zo'r TV telekanali Rossiyada bölib ötadigan jahon çempionati öyinlarini Özbekistonda namoyiş etiş huquqini sotib oliş böyiça taklif bilan çiqqan. Bu haqda Tribuna.Uz manbalari xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga köra, hozirda JÇ televizion huquqini Markaziy Osiyo mamlakatlariga sotiş böyiça vakolatli vakillikka bir yöla ikkita telekanaldan taklif tuşgan. Ularning biri Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) bölsa, ikkinçisi Zo'r TV telekanali bölgan.

Qayd qilinişiça, JÇ öyinlari translyatsiyasi ikki kanal kelişuvi asosida teng taqsimlanişi va öyinlar ikki telekanalda ham namoyiş etilişi mumkin. Biroq buning uçun ikki kompaniya özaro kelişib, translyatsiya huquqini sotib oliş uçun birgalikda taklif berişi kerak böladi.

MTRK raisi Alişer Xadjayev özining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida futbol translyatsiyalarini sotib oliş böyiça nodavlat telekanallari bilan hamkorlikda işlaşga tayyorligini bildirgan.

«Özbekiston MTRK tomonidan futbol muxlislari uçun juda qiziqarli bölgan millionlar öyini hisoblangan futbol böyiça Jahon, Osiyo, Yevropa çempionatlari va Yevropa davlatlarining milliy çempionatlari uçraşuvlarini translyatsiya qiliş, jumladan töğridan-töğri efirga uzatiş huquqlarini oliş böyiça tegişli tadbirlarni amalga oşirib kelmoqda. MTRKning mazkur huquqlarni olişdan maqsadi faqat daromad oliş emas, balki turli darajadagi futbol uçraşuvlarini töğridan-töğri translyatsiya orqali millionlab muxlislarning sport öyinlariga bölgan qiziqişini qondiriş va futbolni xalqimiz orasida yanada ommalaştirişdir. Futbol translyatsiyasidan tuşgan mablağlarni MTRK asosan translyatsiya huquqini sotib oliş uçun sarflangan xarajatlarni qoplaşga yönaltiradi.

Özbekiston MTRK yuqoridagi körsatilgan huquqlarini respublikadagi boşqa Nodavlat telekanallari bilan bölişişga tayyorligini bildiradi. Şu bilan birga huquqlarni xarid qilişda birgalikda iştirok etişga taklif qiladi (dolevoye uçastiye pri priobretenii sootvetstvuyuşçix prav).

Bunda telekanallarning özlari tomonidan hamkorlikda olingan öyinlarni translyatsiya qilişdan tuşgan daromadlari öşa telekanalning özida qoladi», deb yozgan Xadjayev özining sahifasida.

Mazkur post ostida nodavlat telekanali deganda «Zör TV» telekanali nazarda tutilyaptimi, qabilidagi savolga Xadjayev «Ha», deb javob qaytargan.