Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasining kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Temur Kapadze Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini taqdim etdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Kengaytirilgan ro‘yxatidan 30 nafar futbolchi joy oldi. Kapadze o‘sha kungi holatga ko‘ra jismoniy va funksional jihatdan eng yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan 23 nafar futbolchini safarg olib ketishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi
Darvozabonlar:
Eldor Suyunov («Paxtakor»), Botirali Ergashev («Paxtakor»), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), Javohir Ilyosov («Mash'al»);
Himoyachilar:
Farrux Sayfiyev, Sherzod A'zamov, Akmal Shorahmedov (barchasi — «Paxtakor»), Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Shuhrat Muhammadiyev (barchasi — «Lokomotiv»), Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov (ikkalasi — «Bunyodkor»), Dostonbek Tursunov («Neftchi»), Umar Eshmurodov («Nasaf»), Anzur Ismoilov («Changchun Yatay», Xitoy), Vitaliy Denisov («Lokomotiv» Moskva, Rossiya)
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov («Nasaf»), Odil Ahmedov («Shanghay SIPG», Xitoy), Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya), Jaloliddin Masharipov, Jasur Yaxshiboyev (ikkalasi — «Paxtakor»), Javohir Siddiqov («Qo‘qon-1912»), Ikrom Aliboyev, Sardor Rashidov, Sardor Mirzayev (barchasi — «Lokomotiv»), Doston Hamdamov («Bunyodkor»), Fozil Musayev («Jubilo Ivata», Yaponiya);
Hujumchilar:
Temurxo‘ja Abduholiqov («As-Sayliya», Qatar), Marat Bikmayev («Lokomotiv»).
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 19 mart kuni Toshkentda yig‘iladi. 20 mart kuni esa futbolchilar Istanbul orqali Marokashga jo‘nab ketishadi. Terma jamoa 23 mart kuni Senegal terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazsa, 27 mart kuni Marokashga qarshi maydonga tushishadi. Har ikkala o‘yin Kasablanka shahrida tashkil etiladi.
Mavzuga oid
09:41 / 04.07.2026
Kannavaro, ichki muhit, alamli 11 gol va Ronalduga qarshi jang: Rustam Ashurmatov bilan eksklyuziv suhbat
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026
Jahon chempionatidan qaytgan O‘zbekiston milliy jamoasi tantanali kutib olindi
03:11 / 28.06.2026