Çilim va elektron sigaretlarni qonun yöli bilan taqiqlaş vaqti yetmadimikan?
|20:10 / 18.02.201824 12513 min
Ma'lumotlarga köra, çilim va elektron sigaret saraton keltirib çiqarar ekan. Jamiyatni bulğovçi bu kabi illatlarni qonun yöli bilan “jilovlasa” bölmaydimi? Bu haqda Milliy tiklanish gazetasi muxbiri öz fikrlarini bildirib ötgan.
Dugonam tuğilgan kunini poytaxtimizdagi restoranlardan birida nişonladi. Hamma kursdoş qizlar yiğilib, tuğilgan kunga bordik: kimdir öğlini, kimdir hali muçal yoşini qarşilamagan qizini yetaklab olgan. Avvaliga hammasi joyida edi. Ammo, sal keyinroq restoran yigit va qizlar (ular orasida ösmirlar ham bor), örta va katta yoşli erkak va ayollar bilan gavjumlaşdi. Restoranning kiçik xonalarini egallagan yoş yigit-qizlar ovqatlanişni ham çetga surib, tutun buruqsita boşlaşdi. Şunda kiçik mehmonlarimizdan biri “Oyijon, ana ular nima qilişyapti?”, deb sörab qoldi. Suriştirsak, bu sönggi paytda urf bölayotgan “zamonaviy” hayot keçirişning yangi qiliqlaridan – çilim va elektron sigaret çekilayotgan ekan…
Oradan ança vaqt ötdi, biroq öşa manzara köz oldimdan hamon ketmaydi.
Savollar yopirilib keladi: tört-beş kişilik ziyofat uçun oddiy xizmatçining kamida bir oylik maoşini tölab çiqayotgan bu yigit-qizlarning ota-onasi hali talaba farzandiga qanday qilib şunça pul beryapti? Ular “zamonaviylik belgisi” deb biladigan çilim va elektron sigaret çekişini, yarim tungaça kafe-restoranlarda vaqtiçoğlik qilişini oila kattalari bilarmikin? Yoki çilim va elektron sigaretga mukkasidan ketiş darajasiga borayotgan yoşlar uning zararli jihatlaridan bexabarmi?..
Ha, inson tabiati yangilikka taşna. U xoh foydali, xoh zararli yangilik bölsin, uni öz hayotida, albatta, qöllab körgisi keladi. Globallaşuv şiddati ong-qalbimiz va hayotimizda şunday özgarişlar sodir etmoqdaki, undagi foydali jihatlardan köra, zararlilari tez orada öz aks ta'sirini körsatmoqda.
Biroq statistika baribir qaysar indikator: BMT ma'lumotlariga köra, dunyoda kaşandalik oqibatida har yili 5,4 million, har 6 soniyada 1 kişi hayotdan köz yumadi. Mutaxassislarning fikriça, zudlik bilan zarur çoralar körilmasa, 2030 yilga borib kaşandalik har yili 8 million kişining hayotdan bevaqt köz yumişiga sabab böladi. Dunyoda çekuvçilar soni böyiça birinçi örinda Xitoy, keyin Hindiston va Indoneziya turadi. Çekiş oqibatida kelib çiqadigan yillik iqtisodiy zarar 200 milliard AQŞ dollaridan oşib ketmoqda.
Hozir kaşandalikning yangi körinişlari — elektron sigaret va çilimlar, afsuski, dunyo böyiça tamaki çekiş miqdorini keskin oşirmoqda. Elektron sigaret ham oddiy tamakidan farq qilmaydi, aksinça undan zararliroq. U nikotinli kartrij, elektron çip, litiyli akkumlyator va mittigina diodli yoritgiçdan iborat. Kaşanda uni çekkanda sigareta hidini ham, zararini ham sezmaydi, undan faqat suv buği kötariladi, xolos, deb öylaydi.
Mavzuga oid
Xolbuki, elektron sigaret tarkibida qörğoşin, margimuş va boşqa toksik moddalar köp uçraydi. Kaşandalikka beriliş oqibatida inson salomatligini, nasllar davomiyligini xavf ostida qoldiradi. Soğlom turmuş tarziga rioya etayotgan insonlar kaşandalarga nisbatan 15 yil uzoq umr körişi tajribada isbotlangan bölsa-da, elektron sigaret yaratilganidan buyon ötgan muddatda uning iste'molçilari soni köpaysa köpaydiki, aslo kamaygani yöq.
Çilim zarari esa tamaki mahsulotlarini çekişdan köra köp bölsa köpki, aslo kam emas. Çilim çekiş davomida inson juda köp miqdorda tamaki tutuni yutib, şunga mos ravişda organizmga juda katta miqdorda zararli moddalar tuşib qoladi. Çilim çekiş jarayonida öta zararli toksinlar qonga tez söriladi va inson soğliğiga katta putur yetkazadi.
— Tamaki tutunining tarkibida tört mingga yaqin modda bölib, hammasi inson salomatligini yemirişi tajribalarda isbotlangan, — deydi Toşkent tibbiyot akademiyasi içki kasalliklar kafedrasi dotsenti Hilola Mirahmedova. — U qon tarkibi aylanişini buzib, tomirlarni qotiradi. Çekiş oqibatida astma, öpka saratoni, yurak-qon tomiri, gipertoniya, oğiz böşliği kasalliklari kelib çiqadi. Afsuski, mamlakatimizda ham “zamonaviy” çekuvçilar soni ortib bormoqda. Elektron sigaret va çilim çekiş kaşandalikning yangi turlari sirasiga kirib ulgurdi. Açinarlisi, kaşandalar orasida ösmirlar va ayollar ham uçraydi. Çilim çekiş yurak qisqarişi ritmini tezlaştirişi sababli, yurak xastaligiga çalingan insonlar uçun juda xavfli. Çilim va elektron sigaretlarni guruh bölib çekiş oqibatida gepatit, stafilakok, sil, gripp va boşqa şu kabi infeksiyalarni yuqiş xavfi köp marta oşadi, şuningdek, çilim çekiş inson asab tizimiga ham salbiy ta'sir qiladi.
Aytiş joiz, çilimni tamaki mahsulotlari yoki mevali aralaşmalardan iborat qöşimçalar bilan çekişdan qat'i nazar oğiz böşliği, til, lab, tomoq, öpka, oşqozon kabi organlarning saraton bilan kasallaniş xavfi keskin ortadi. Tamaki mahsulotlari Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligi tasdiqlagan sanitar me'yor va qoidalar talablariga rioya etilgan standart va texnologiyalar asosida tayyorlanadi. Biroq çilim çekişda foydalaniladigan qöşimçalarning tarkibi noma'lum bölib, ularning sifatiga bölgan talablar qonunçilikda közda tutilmagan. Şu sababli nikotinsiz aralaşmalar inson salomatligi uçun barça yonuvçi moddalar kabi xavfli va zararlidir.
Çekiş jarayonida organizmga is gazidan taşqari katta miqdorda xrom, nikotin, qörğoşin, karboksigemoglobin va boşqa zararli birikmalarining tuşişi yurak qon-tomir, öpka yetişmovçiligi, ovqat hazm qiliş tizimlarini buzilişiga, jinsiy va reproduktiv qobiliyatni susaytirib onkologik kasalliklarning rivojlanişiga olib keladi.
Tarkibida gavayi atirguli va moviy nilufar unsurlari mavjud bölgan çilim aralaşmalarining insonga ta'siri psixotrop va narkotik vositalardan kam emas. Şuningdek, çilim çekişda tamaki mahsuloti va mevali aralaşmalar bilan bir qatorda kamroq miqdorda bölsa-da narkotik moddalar va soğliq uçun zararli boş¬qa ingridiyentlarni iste'mol qiliş hollari ham uçrab turadi. Masalan, filtr vazifasini ötovçi suv örniga ta'sir kuçini oşiriş maqsadida alkogol mahsulotlaridan foydalaniladi.
Jamiyatning soğliqni saqlaş sohasidagi asosiy vazifalaridan biri, çekmaydiganlarning huquqini himoya qiliş, ya'ni ijtimoiy ahamiyatga ega joy, obekt va transport vositalarida çekişni taqiqlaş, ayniqsa, yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini tarğib qilişdan iboratdir. Biroq yoşlar, ayollar va ösmirlarning milliy qadriyat, an'ana va odob qoidalariga zid bölgan bunday zararli illat domiga ilinayotgani masalaning naqadar dolzarb ekanini körsatadi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi çilim va elektron sigaretlarning inson salomatligi uçun zararli oqibatlarini örgandi. Tadqiqot natijalari çilim va elektron sigaretlarning tamaki mahsulotlariga qaraganda inson salomatligiga kam ta'sir etişi töğrisidagi notöğri qaraşlarning haqiqatga zid kelişini körsatdi. Özbekiston Respublikasining “Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretlarni çekişni çeklaş töğrisida”gi qonun loyihasi ham ayni maqsadda işlab çiqildi.
— Dam oliş kunlari farzandlarimni uyimiz yonidagi bolalar maydonçasiga olib tuşaman, ular döstlari, tengdoşlari bilan turli öyinlar öynaşadi, kiçkintoylar arğimçoq uçişadi, — deydi toşkentlik uy bekasi Kamola Hamroyeva. — Şunday sayrlarimizdan birida 2 yoşli öğlim maydonçadagi sigareta qoldiğini olib çeka boşlabdi, buni keyinroq payqab qoldim. Bu holatdan qanday ahvolga tuşganimni tasvirlab berolmayman. Avvalo, hali endi hayotni taniy boşlagan bolakay sigareta nimaligi va uni qanday çekişni bilişi, ikkinçidan yerda yotgan tamaki qoldiğidagi tasavvur qilib bölmaydigan darajada köp miqdordagi zararli moddalar farzandimning içiga kirib ulgurgani meni xavotirga solib qöydi. Şunda qöşnilarimdan biri “turmuş örtoğingiz sigareta çekkani uçun bolangiz ham buni darrov özlaştiribdi”, dedi. Ammo, turmuş örtoğim umuman tamaki çekmaydi. Şunda men farzandlarimni jamoat joylarida bunday manzaraga köp bor duç kelişi, ovqatlaniş, savdo şaxobçalari va köçadagi sayrlarda (hatto, ba'zan homilador ayollar ham çekayotganiga közimiz tuşadi) bu illat bilan allaqaçon taniş bölganini öyladim. Aholi salomatligiga zarar yetkaziş bilan bir qatorda öğil-qizlarimiz tarbiyasiga jiddiy ta'sir körsatuvçi bunday illatlarning oldi olinsa, qonun bilan tartibga solinsa, har jihatdan foydali bölardi.
— 16 yoşimdan buyon sigareta çekaman, — dey¬di özini Sardor deb taniştirgan yigit. — Bu odat, dastavval, ösmirlikning qiziquvçanligi, qiziqqonligi bilan boşlangan bölsa, keyinçalik unga örganib qolib, odatiy hayot tarzimga aylandi. Uning soğliq uçun zarar ekanini bilsam-da, heç voz keça olmayman. Olti oylab çekmay yurgan paytlarim ham bölgan, ammo yana tarki odat amri mahol, deganlaridek, kuniga 10-12 mahal çekaman. Bir quti sigareta 2 kunga yetmaydi. Agar çekişning birgina iqtisodiy tomoni öylab körilsa ham, uning katta zarar ekanini anglaş qiyin emas. Tan olib aytaman, kaşandalik bekorçilik oqibatida kelib çiqadigan illat. Agar odam ösmirlik yoşidan foydali iş, hunar, öqiş yoki kundalik yumuşlar bilan band bölsa, kun tartibi töğri yölga qöyilsa, öylaymanki, bunday zararli odatlarga yondaşmasligi aniq.
Nima foyda-yu, nima zararligini yaxşi ang¬laydigan uşbu suhbatdoşimiz özini kaşandalar sirasiga kiritmasligi ajablanarli. Uning aytişiça kuniga 2-3 qutilab tamaki çekadiganlar, ayniqsa, hozir elektron sigaretga ruju qöyib borayotganlar köp ekan. Ayniqsa, tungi paytlarda kafe, restoranlarda elektron sigaret va çilim çekiş “urf”ga kirib bormoqda.
Kaşandalikning psixologik jihatlari ham borki, undan voz keçiş inson irodasi, psixologiyasi bilan boğliq holat.
— Kaşandalik, asosan, zerikiş, band bölmaslik, öz hayotidan norozilikdan kelib çiqadi, — deydi psixoterapevt Zebo Ahmedova. — Avval qiziqişdan boşlangan bu holat yillar ötib çuqurlaşa boradi. Çekuvçi real emas, noreal hayotni ma'qul köra boşlaydi. Noreal hayot — kaşandalik, giyohvandlik va içkilikbozlik körinişlarida namoyon böladi. Kaşandaning irodasi zaiflaşa boradi. Iroda markazining tösilişi esa muammolarni hal qilolmaslikka, qaramlikka olib keladi. Şu bois, yoşlarda, avvalo, irodali bölişni tarbiyalaş, ularning böş vaqtini töğri taqsimlaş, öziga bölgan işonçini oşiriş lozim. Şunda biz irodasi mustahkam, iymoni butun, keng dunyoqaraşli, heç qanday ta'sirlarga qaram bölmagan avlodni tarbiyalaşga erişamiz. Şuningdek, yoşlarda kattalarga taqlid qiliş, ular hatti-xarakatini takrorlaşga intiliş kuçli böladi. Ota-onasining odatlari, vaqt ötib farzandida takrorlanadi. Bu jarayonda kattalar ibrati ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Jamoat joylarida çilim va elektron sigaretlarni çekişni çeklaş töğrisida”gi qonun loyihasining qabul qilinişi orqali bu holatga çek qöyiş, albatta, öz natijasini beradi.
…Oramizda şunday kişilar borki, kaşandalikning oqibatini bila turib, salomatligi, oilasi, farzandlarining kelajagiga panja orasidan qarab, unga ruju qöyadi. Mutaxassislar fikriça, soğlom turmuş tarzini yaratişda, avvalo, tamaki mahsulotlari iste'moliga çek qöyiş zarur. Xuddi şunday elektron “kaşandalik” ham şakli özga, zarari va oqibati bir xil bölgan global muammolardan. Bu illatning ildizini tezroq qirqiş uçun köngiloçar joylarda çilim çekiş bilan boğliq xizmatlar turlarini körib çiqiş, ularni qonun bilan taqiqlaş kundan kun dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zero, bugun çekişning zamonaviy turlarini hayotida qöllab körişni xohlayotgan yoşlarni xorijiy tillarni puxta örganiş, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, ilm-fanda yangilik kiritiş va yangiça yaşaşning zamonaviy şakllarini özlaştirişga yönaltiriş katta avlod vakillarining muhim vazifasidir.