Oliy Majlis Qonunçilik palatasi elektron sigaretalarni taqiqlovçi qonun loyihasini körib çiqmoqda.
Ta’kidlanişiça, uşbu mahsulotlarni aholi, ayniqsa yoşlar orasida iste’mol qiliş köpaygan.
Loyihada ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qiliş moslamalari, şu jumladan, elektron sigaretalarni işlab çiqariş, tayyorlaş, ötkaziş maqsadida ularni saqlaş, taşiş yoki ötkazişni taqiqlaş közda tutilmoqda.
Şuningdek, bu mahsulotlarni davlat çegarasidan olib ötganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun loyihasi 2024 yil aprel oyida jamoatçilik muhokamasiga çiqarilgan edi.
Avvalroq, Qirğizistonda qabul qilingan qonunga asosan, 2025 yil 1 iyuldan boşlab mamlakatga elektron sigaretlarni olib kiriş, ulardan foydalaniş va elektron sigaretalar savdosi taqiqlanişi xabar qilingandi.












